Xorazm shevasi
173 marta o‘qilgan
Chingizni qiri
Chingizni qiriЧингизни қири
Ma’nosi
Rivoyat qilishlaricha, Chingizxon Xorazmga bostirib kelganida hozirgi Pitnak qishlog‘ida daryo bo‘yida to‘xtab dam oladilar. Askarlarga har biring bir hovuch tuproq keltirib tashlanglar, deb qirni ko‘rsatadi. Katta balandlik paydo bo‘ladi, shu tartibda askarlar soniga baho bergan. Qaytishda ham shu yerda to‘xtab askarlarga oldingiday buyruq beradi. Bu galgi tepalik oldingining yarmisidan ham kam bo‘ladi. Bu juda ko‘p askar yo‘qotganidan dalolat. Shu qirlar haligacha mavjud. Ibora piyoda uchun uzoqlik qiluvchi manzilni ifodalaydi.
Izohlar
0Hali izoh yo‘q. Bu so‘zni boshqacha ma’noda eshitganmisiz? Birinchi bo‘lib yozing.
Izoh qoldirish uchun kiringXato topdingizmi yoki taklifingiz bormi?