Yordam
Ko‘p beriladigan savollar
Loyiha maqsadi nima?
Xorazm shevasidagi so‘zlarni bir joyga jamlash, ularning ma’nosi va misollarini saqlab qolish va hamma uchun qulay qilib berish.
Kim foydalanishi mumkin?
Lug‘at hamma uchun ochiq va bepul. O‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Qanday qilib so‘z qo‘shaman?
Telegram orqali kiring, «So‘z qo‘shish» bo‘limida so‘z, uning ma’nosi va (ixtiyoriy) misolni yozing. Lotinda yozsangiz ham bo‘ladi — so‘z kirillga o‘giriladi.
Nega so‘zim darrov ko‘rinmadi?
Har bir yangi so‘z tekshiruvdan o‘tadi. Tasdiqlangach lug‘atda ko‘rinadi, «Mening so‘zlarim» ro‘yxatida holati yozilgan bo‘ladi.
So‘z qo‘shganim uchun pul olamanmi?
Ha. Har bir tasdiqlangan so‘z uchun hisobingizga 500 so‘m tushadi, birinchi kirishda esa 1 000 so‘m bonus beriladi. 10 000 so‘mdan boshlab profilingizdan kartaga yechishingiz mumkin.
Kirill va lotin yozuvi
Saytning yuqorisidagi «Lotin / Kiril» tugmasi butun saytni lotin yoki kirill yozuviga o‘tkazadi. Qidiruvda ikkala yozuvda ham yozish mumkin.
Qidiruv qanday ishlaydi?
Qidiruv so‘zni yozilishiga ko‘ra ham, talaffuziga yaqinligiga ko‘ra ham topadi: «sorxum», «sarhum», «sorxum» kabi yozuvlar bir xil so‘zga olib keladi.
Saqlanganlar va tarix
So‘z sahifasidagi belgi tugmasi so‘zni saqlaydi. Ko‘rilgan va qidirilgan so‘zlar «Saqlangan» bo‘limida turadi. Bu ro‘yxatlar shu qurilmada saqlanadi.
Xabarnomalar
So‘zingiz tasdiqlanganda, unga izoh yozilganda yoki u ko‘p o‘qilganda @xorazmcha_login_bot boti orqali xabar olasiz. Buning uchun botda bir marta /start bosing.
Ma’lumotlarimni qanday o‘zgartiraman?
Profil sozlamalarida ism, telefon, rasmni yashirish va o‘qilgan so‘zlarni yashirish parametrlarini o‘zgartirishingiz mumkin.
Mobil ilova bormi?
Ha, Android ilova Google Play da bor. iOS versiyasi tayyorlanmoqda.